Jahon | 20:42 / 29.05.2018
4524
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya qiroli yamanliklarga Umra safarini ado etishga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni Yaman fuqarolariga Umra qilish maqsadida mamlakat hududiga kirishga ruxsat berdi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.

Yamanning fondlar faoliyati bo‘yicha vaziri Ahmad Atiya Umra safariga taqiqlov Saudiya hukumati tomonidan uch yil avval kiritilgani, bunga Yamandagi qurolli mojaro sabab bo‘lganini yodga soldi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaman aholisining Islom muqaddas dargohlarini ziyorat qilishiga shaxsan Saudiya Arabistoni qiroli tomonidan ruxsat berilgan.

Ta'kidlash joizki, Yamanda 2014 yildan buyon qurollangan mojaro davom etib kelmoqda. Unda bir tomondan shialarning "Ansorulloh" harakati a'zolari va Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solih tarafdorlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan - prezident Abdurabbu Mansur Xadiyga xizmat qiluvchi hukumat qo‘shini qatnashmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid