Jahon | 08:01 / 29.05.2018
4737
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada avtobus jarga quladi, qurbonlar ko‘p

Venesuelada avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Merida shtatining qutqaruv xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Emergencias171Merida

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 16 kishi jarohat olgan.

Avtohalokat paytida avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar voqea joyida ishlashda davom etishmoqda.

Foto: Emergencias171Merida

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq Venesuelaga talab qo‘ygani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid