Jahon | 09:29 / 30.05.2018
5356
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Xitoy tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etilishini ma'lum qildi
AQSh Xitoyning Amerika bozoriga yetkazib beriluvchi qator tovarlariga 25 foizlik bojxona bojlarini joriy etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Oq uy saytida xabar berilgan.
«Qo‘shma Shtatlar XXRdan import qilinuvchi tovarlarga 25 foizlik tarif o‘rnatadi - 50 mlrd dollar summadagi. Ushbu tovarlar sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan texnologiyalardir. Qoplanuvchi importning yakuniy ro‘yxati 2018 yil 15 iyunga qadar e'lon qilinadi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, AQSh Xitoy jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan «aniq investitsion cheklovlar joriy etadi va eksport nazoratini kuchaytiradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygandi.
Mavzuga oid
22:33
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024