O‘zbekiston | 15:55 / 30.05.2018
10177
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya O‘zbekistonga yo‘l texnikalarini beg‘araz taqdim etadi 

2018 yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida – Yaponiya hukumatining "Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi" doirasidagi grantlar asosida, "O‘zbekistondagi yo‘l qurilishi va ta'miri uchun Yaponiya texnikalarni beg‘araz taqdim etish" bo‘yicha hukumatlararo hujjatga imzo qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Mazkur loyiha asosida Yaponiyaning "Sakai Heavy Industries Ltd" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, yo‘l qurilishi va ta'mirida ishlatiladigan texnikalar yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda. Yo‘l qurilish texnikalari asosan "Obod qishloq" Davlat dasturi doirasida – Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududlaridagi qishloq va ovullar ichki yo‘llarini ta'mirlashda ishlatishi ko‘zda tutilmoqda. 

Foto: Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Loyihaga ko‘ra Yaponiya hukumatining "Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi" doirasidagi grantlar asosida, "O‘zbekistondagi yo‘l qurilishi va ta'miri uchun 800 million yapon iyenasi (7,3 mln. AQSh dollari) qiymatidagi Yaponiya texnikalarni beg‘araz taqdim etiladi. 

Jumladan, SAKAI PM550-5 rusumidagi resayklerlar, SAKAI SV520FT rusumidagi bir barabanli tebranma zichlagichlar, SAKAI TS200 rusumidagi uzaytirilgan rezina g‘ildirakli zichlagichlar, SAKAI SW652-1K rusumidagi tebranma zichlagichlar hamda 1 mln. AQSh dollari qiymatidagi ehtiyot qismlar (xodimlarni o‘qitish bilan birga) yetkazib beriladi.

Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan – Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi A.Abduvaliyev, Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito imzo chekishdi.

Foto: Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid