Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Rossiyadagi musobaqada yetti bokschimiz finalda
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha xalqaro «Gubernator kubogi» bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘n nafar bokschimiz final jangini o‘tkazishi haqida ma'lum qilingandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berishicha, yarim final yakunlariga ko‘ra, yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi hal qiluvchi janglarga yo‘llanma oldi. E'tiborlisi, -56 kg vazn toifasida ikki bokschimiz oltin medal uchun o‘zaro hisob-kitob qilib oladilar.
Unga ko‘ra, bokschilarimiz finalda quyidagi raqiblarga qarshi jang qiladilar:
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)
-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)
Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar musobaqaning bronza medali bilan kifoyalanishdi. Final bellashuvlari ertaga bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
18:23 / 27.04.2026
O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogi ilk bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
20:33 / 13.03.2026