Jahon | 22:52 / 30.05.2018
11878
2 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Dushanbedagi yangi Islom instituti poydevorining ilk toshini qo‘ydi

30 may kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Imomi A'zam-Abuxanif No‘'mon ibn Sobit nomidagi Islom institutining yangi binosi poydevorining ilk toshini qo‘ydi. Bu bino hozirda qurilayotgan, Markaziy Osiyoda eng katta bo‘ladigan masjid yonida joylashadi. Hozirda institutning binosi Dushanbening bosh masjidi yonida joylashgan.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Yangi binoda 1,5 ming talaba ta'lim olishi mumkin. Bino 3 gektar maydonda joylashadi va uning qurilishiga 136 mln somoni ajratiladi.

Loyihaga ko‘ra, ta'lim muassasasining bosh binosi 5 ta 7 qavatli blok – o‘quv korpuslari, ma'muriy binolar, yotoqxona, sport zali, oshxona, kutubxona va anjumanlar zalidan iborat bo‘ladi.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, Islom instituti Tojikiston hukumatining 2007 yil 2 noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. 

Avval u Imom at-Termiziy nomidagi Tojikiston islom universiteti deb atalgan. 2008 yilda u qayta nomlangan.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Institutga kirish uchun abituriyentlar fors-tojik tili va adabiyoti bo‘yicha yozma imtihon hamda testlar topshiradilar.  

O‘qishga qabul qilishda fors va arab yozuvini biladiganlarga afzallik beriladi. Biroq “ilmi Qur'on” bo‘limiga kiruvchilar Qur'oni Karimni yoddan bilishlari kerak bo‘ladi.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Institutda o‘qish 3 bosqichdan: bakalavriat, magistratura va aspiranturadan iborat bo‘ladi. Ta'lim muassasasida kunduzgi va sirtqi o‘qish joriy qilingan.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

 

Mavzuga oid