Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR vakili Nyu-Yorkka kelmoqda
Foto: Patrick Semansky/AFP/Getty Images
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo shimoliy koreyalik yuqori mansabli amaldor Kim Yen Chxol bilan Nyu-Yorkda uchrashadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.
«Markaziy qo‘mita raisi o‘rinbosari Kim Yen Chxol Nyu-Yorkka kelmoqda. U davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuv o‘tkazadi», - deyiladi xabarda.
Biroq, Oq uy Pompeoning KXDR vakili bilan uchrashuvi aniq qachon bo‘lib o‘tishi haqidagi ma'lumotni ochiqlamagan.
Ta'kidlanishicha, AQShga bu tashrif mamlakatlar o‘rtasida so‘nggi 18 yil ichidagi eng muhimiga aylanadi. 2000 yilda KXDR vitse-marshali Jo Men Rok Vashingtonga AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton bilan uchrashish uchun kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvida yana bir yetakchi qatnashishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:24
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
15:21
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
13:30
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
09:18