AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo şimoliy koreyalik yuqori mansabli amaldor Kim Yen Çxol bilan Nyu-Yorkda uçraşadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.
«Markaziy qömita raisi örinbosari Kim Yen Çxol Nyu-Yorkka kelmoqda. U davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uçraşuv ötkazadi», - deyiladi xabarda.
Biroq, Oq uy Pompeoning KXDR vakili bilan uçraşuvi aniq qaçon bölib ötişi haqidagi ma'lumotni oçiqlamagan.
Ta'kidlanişiça, AQŞga bu taşrif mamlakatlar örtasida sönggi 18 yil içidagi eng muhimiga aylanadi. 2000 yilda KXDR vitse-marşali Jo Men Rok Vaşingtonga AQŞ sobiq prezidenti Bill Klinton bilan uçraşiş uçun kelgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Kim Çen Inning uçraşuvida yana bir yetakçi qatnaşişi mumkin ekani xabar qilingandi.












