Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya benzinidan voz kechishga qaror qildi
Foto: «Kommersant'» /Yuriy Martyanov
Qozog‘iston energetika vazirligi mamlakatga Rossiyadan benzin olib kirilishini taqiqlash tashabbusini jamoat muhokamasiga qo‘ydi. Hujjat Qozog‘iston hukumatining portalida joylashtirilgan.
Benzin olib kirilishini taqiqlashni Rossiyada yonilg‘iga narxlar oshgani sababli 3 oylik muddatga kiritish taklif qilinmoqda. Neft-gaz sohasidagi tahlilchilardan birining aytishicha, Qozog‘istonda benzin narxi Rossiyanikiga bog‘langan va shu sababli ko‘tarilishi mumkin. “Rossiyada benzin deyarli bir rublga qimmatladi – bu biz uchun 5 tenge degani”, deb aytgan tahlilchi.
Rossiyada 21 maydan 27 maygacha bir hafta ichida benzin narxi bir rublga ko‘tarilib ketgan. AI-92 benzini narxi 90 tiyinga ko‘tarilib, bir litri uchun 42,21 rublga, AI-95’niki esa 88 tiyinga ko‘tarilib, 45,5 rublga yetgan.
Mavzuga oid
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
07:52 / 07.05.2026