Jamiyat | 15:19 / 30.05.2018
13181
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tadbirkorni 200 ming dollarga chuv tushirib ketishdi

Illyustrativ foto/Media.az

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

25 may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil dekabr oyida Beltepa ko‘chasida yashovchi B.P. hamkorlikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun N.R.ga Xitoy Xalq Respublikasidan spirt mahsulotini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan jihozlarni olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirgan va 200 ming AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay voqea joyidan yashiringanligi ma'lum bo‘lgan. 

B.P.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid