Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston harbiylari ShHTning «Tinch missiya-2018» mashqlarida ishtirok etadi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlar harbiy delegatsiyalari Rossiyaning Chelyabinsk oblastiga avgust oyida Chebarkul poligonida bo‘lib o‘tadigan «Tinch missiya-2018» qo‘shma terrorchilikka qarshi qo‘mondonlik-shtab mashqlariga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun yetib keldi.
Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning harbiy vakillari Chelyabinsk oblastidagi poligonda mashqlar konsepsiyasi, amaliy harakatlar rejasi, shuningdek, «Tinch missiya-2018»ga har bir mamlakatdan jalb etiluvchi kuch va vositalarni muhokama qilmoqda. Shuningdek, delegatsiyalar logistika masalalari, harbiy texnika va qurilmalarni Rossiya hududiga olib borish to‘g‘risidagi masalalarni ham muvofiqlashtirmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar doirasida ShHTga a'zo davlatlarning bosh shtab boshliqlari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi, deb xabar berishgan Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatidan.
ShHTga a'zo davlatlar hududida «Tinch missiya» terrorchilikka qarshi mashqlar har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. So‘nggi mashg‘ulotlar 2016 yilda Qirg‘izistondagi Issiqko‘l ko‘li yaqinidagi Edelveys poligonida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin
15:28 / 12.09.2022
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
11:13 / 12.09.2022
Shavkat Mirziyoyev: ShHT ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim
07:50 / 12.09.2022