Sport | 21:02 / 31.05.2018
3813
1 daqiqa o‘qiladi

«Everton» yangi bosh murabbiyni tayinladi

Foto: Everton klubi matbuot xizmati

«Everton» klubi Marku Silva bosh murabbiy qilib tayinlanganini e'lon qildi.

Portugaliyalik mutaxassis «iriska»lar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

«Juda katta hayajondaman va «Everton»da ish boshlashdan mamnunman. Klub va mening oldimga katta vazifa qo‘yildi» - dedi murabbiy.

Silva murabbiylik faoliyatida «Eshtoril-Praya», «Sporting», «Olimpiakos», «Hall Siti» va «Uotford» klublarida ishlagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid