Jahon | 16:15 / 31.05.2018
7428
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya AQShga bojlar uchun yagona va qat'iy javob va'da qildi

Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Merning ma'lum qilishicha, Yevropa AQSh po‘lat hamda alyuminiyga bojlar joriy etadigan bo‘lsa, yagona va qat'iy javob qaytaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etish borasidagi bu qaror, yana bir marta qaytaraman, o‘zini oqlamaydi hamda xavfli bo‘ladi. Bunday holatda Yevropa shu qarordan tegishli xulosalar chiqaradi va javoban yagona hamda qat'iy choralarni qabul qiladi», - deya aytib o‘tdi Le Mer.

Qo‘shma Shtatlar joriy yilning mart oyi oxirida po‘lat va alyuminiyga mos ravishda 25 hamda 10 foizlik boj joriy etdi. Ba'zi davlatlarga, jumladan YeIga, ularning amal qilish muddati iyunga qadar to‘xtatib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygani xabar berilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid