Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev va Rahmon: migratsiya hamda ta'lim masalalari muhokama etildi
Foto: Aleksandr Astafev/TASS
Dushanbe shahrida Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan migratsiya va ta'lim masalalarini muhokama etdi. Bu haqda Tojikiston davlat rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, payshanba kuni tomonlar Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi strategik hamkorlik shartlariga doir barcha ahamiyatli mavzularni muhokama etishgan.
Rossiya hukumatining yangi rahbari sifatida qayta tayinlangan Dmitriy Medvedev birinchi xorijiy safarini Tojikistonga amalga oshirdi. Davlat rahbarining Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ikki tomon ham manfaatli gumanitar-madaniy sohalarga to‘xtalib o‘tgan.
Suhbat davomida o‘sib kelayotgan tojik yoshlariga rus tilida ta'lim olishda keng imkoniyat yaratish masalasi ham ko‘tarilgan. Shuningdek, tojikistonlik yoshlarning Rossiya hududidagi oliygohlarda o‘qishi bo‘yicha fikrlar bildirilgan.
Mehnat muhojirlari mavzusida suhbatlasha turib, Rossiya va Tojikiston oliy vakillari chegaralarda kirish-chiqish sharoitini yaxshilash, muhojirlarga ko‘proq ijtimoiy foydali shartlarni yaratish haqida gapirib o‘tishgan.
Suhbat so‘ngida, tomonlar Rossiyaning Tojikiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega loyihalarga yo‘naltirgan sarmoyalarini ko‘paytirish shartlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
11:35 / 04.08.2025