Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi - IIBB
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xabariga ko‘ra, Toshkent agrar universitetining sobiq xodimi, hozirda kasb-hunar kollejlaridan birining direktori hamda ushbu universitetning 2-kurs talabasi 6 ming AQSh dollari evaziga oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirishga taklif qilayotgani aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlardan biri talab qilingan summaning yarmini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan. Ayblanuvchining ko‘rsatmalariga asosan ikkinchi gumondor ham surishtiruvga jalb etilgan.
Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan to‘plangan daliliy ma'lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:00
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi
17:48
Shavkat Mirziyoyevning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi
15:07