Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro siyosiy mahbuslarni ozod qilishga rozi bo‘ldi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning muxolifatdan 4 gubernator bilan uchrashuviga ko‘ra siyosiy mahbuslarni bir kun ichida ozod qilishni boshlashga kelishildi. Bu haqda uchrashuv ishtirokchilaridan biri, Tachira shtati gubernatori Leydi Gomes ma'lum qildi.
“Prezident javobi shunday bo‘ldi: 24 soat ichida siyosiy mahbuslarni ozod qilish boshlanadi. Biz barcha siyosiy mahbuslarning ozod qilinishida ishtirok etishga tayyormiz”, deb aytgan Gomes.
Maduro navbatdagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgandan keyin “siyosiy zo‘ravonlik” uchun sudlangan yoki hibsga olingan barcha muxolifatchilarni ozod qilishini aytgan. Bu va'daga ko‘ra, Suliya shtatida 20 ga yaqin siyosiy mahbus ozod qilingan.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026