Jahon | 11:09 / 02.06.2018
3704
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh KXDR bilan Janubiy Koreyadagi qo‘shinlarni muhokama qilmaydi

Foto: REUTERS

AQSh Shimoliy Koreya vakillari bilan Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda, Janubiy Koreyadagi amerikalik qo‘shinlar sonini kamaytirish masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis xabar bergan.

«Janubiy Koreyada amerikalik harbiylarning borligiga doir istalgan muhokamalar - bu Koreya Respublikasi tomonidan taklif etilishga doir masala, xolos. Bu faqat AQSh va Koreya Respublikasi o‘rtasida muhokama qilinadi. Ular bir qism emas hamda Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga umuman aloqadorligi yo‘q. Bu KXDR bilan muhokama etilmaydi», - deya aytib o‘tdi Mettis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda diplomatlar Shimoliy Koreya tomonidan keluvchi xatarlarga yechim topa olishsa, unda Amerika qo‘shinlarining borligi haqidagi masala Vashington va Seul uchun yangi kun tartibga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagonning AQSh - KXDR muzokaralaridagi o‘rni aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid