Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Amerika va Şimoliy Koreya tomonining muzokaralari doirasida öz mahkamasi qanday vazifaga ega ekanini bildirdi. U bu haqda Singapurdagi «Şangri-la dialog» xavfsizlik masalalari böyiça konferensiyada aytib ötdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Mettisning ma'lum qilişiça, Pentagon «mudofaani uşlaydi» va «Koreya yarim orolining butunlay, işonçli hamda ortga qaytarib bölmaydigan yadrosizlanişi»ni ta'minlaş uçun diplomatik sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaydi.

Juma, 1 iyun kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan Singapurda 12 iyun kuni uçraşişga tayyor ekani haqida ma'lum qildi. U Pxenyan vakili Şimoliy Koreya yetakçisidan maktub taqdim etgaç, şunday bayonot bilan çiqdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Trampni «Al-Qoida» yetakçisi bilan taqqoslaşgandi.