O‘zbekiston | 09:24 / 02.06.2018
13070
2 daqiqa o‘qiladi

Formali kiyim savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi belgilandi

Foto: Militaristwear

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.

Qabul qilingan qarorga muvofiq formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat tuman (shahar) hokimliklari tomonidan litsenziyalanadi.

Formali kiyim-bosh savdosi bo‘yicha faoliyat Mudofaa vazirligining harbiy savdo tarmoqlarining ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari tomonidan va tegishli litsenziya va sertifikatga ega tadbirkorlik faoliyatining boshqa sub'yektlari tomonidan amalga oshiriladi.

Formali kiyim bosh savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Lisenziya olish uchun talabgor hujjatlarni litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim qilinadi.

Lisenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgor arizasi olingandan so‘ng o‘n ikki kundan oshmaydigan muddatda, uning taqdim qilingan shaklidan qat'i nazar, zarur ma'lumotlar ko‘rsatilgan holda beriladi.

Lisenziya berish uchun davlat boji litsenziya berilgan kundagi eng kam ish haqiga karrali miqdorida:

• yuridik shaxslar uchun – eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;
•  yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida to‘lanadi.

Mavzuga oid