Sport | 23:32 / 02.06.2018
9556
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. Angliya «Uembli»da Nigeriyani yengdi

Foto: Getty Images

Dunyo terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari davom etmoqda.

Angliya terma jamoasi «Uembli» stadionida Nigeriya bilan bellashdi. O‘yin taqdirini birinchi bo‘limda Keyxill va Keyn tomonidan urilgan gollar hal qildi. Ikkinchi bo‘limda Niyegriya Ivobi goli bilan javob qaytardi.

O‘rtoqlik o‘yini
Angliya – Nigeriya 2:1 (2:0, 0:1)
2 iyun, «Uembli» stadioni
Gollar: 1:0 – 7 Keyxill, 2:0 – 39 Keyn, 2:1 – 47 Ivobi. 
Angliya – Pikford, Stounz, Uoker, Keyxill, Tripper, Dayyer, Yang (Rouz, 68), Alli (Delf, 82), Lingard (Loftus-Chik, 67), Sterling (Reshford, 73), Keyn (Uelbek, 73).
Nigeriya – Uzoxo, Idovu, Trost-Ekong, Balogun (Omeruo, 46), Shexu (Ebuexi, 46), Obi Mikel, Obi (Ogu, 46), Ivobi, Onazi (Etebo, 46), Mozes (Musa, 63), Igalo (Ixeanacho, 77).
Ogohlantirishlar: Sterling (52), Musa (77).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid