Ma’lumotlarga köra, voqea Lagos–Ibadan trassasida (Ogun ştati) sodir bölgan. Dastlabki xulosalarda avtomaşina tezlikni oşirgan va noqonuniy quvib ötiş harakati qilgani, söng yöl çetida turgan yuk maşinasiga urilgani aytilmoqda.
Halokat oqibatida Joşuaning jamoasidagi Sina Ğami va Latif Ayodele halok bölgan.
Reuters va AP’ning yozişiça, haydovçiga tört modda böyiça ayblov qöyilgan — jumladan, xavfli boşqaruv oqibatida ölimga sabab böliş, şuningdek amaldagi milliy haydovçilik guvohnomasisiz maşina boşqariş kabi bandlar bor. Sud unga 5 mln nayra garov belgilagan, iş 20 yanvar sanasiga qoldirilgan, ayblanuvçi garov şartlari bajarilgunça hibsda qolişi mumkin.
AP xabariga köra, Entoni Joşua yengil jarohatlar bilan şifoxonaga olib borilgan va keyinroq uyiga tiklanişi uçun ketişiga ruxsat berilgan, u Nigeriyada qolişi kutilmoqda.

















