Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1963 yil Ferrari’si dunyodagi eng qimmat avtomobil bo‘ldi
Foto: CNBC
1963 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO poyga avtomobili 70 mln dollarga sotildi. Avtomobilni mashinalar uchun gilamchalar ishlab chiqaruvchi WeatherTech kompaniyasi egasi, kolleksioner Devid Maknil xarid qilgan. Mashina uchun taklif qilingan summa rekord summa hisoblanadi.
Avvalgi rekord ham Ferrari sportkariga tegishli bo‘lib, 1963 yilda ishlab chiqarilgan mashina 2013 yilda 52 mln dollarga sotilgandi.
70 mln dollarga sotilgan mashina o‘z tarixiga ega bo‘lib, u 1964 yildagi Tour de France poygasida g‘olib chiqqan. Mashina rekord sondagi poygalarda ishtirok etganiga qaramay, boshqa mashinalardan farqli biror marta avariyaga uchramagan va a'lo ko‘rinishda saqlanib qolgan. Ferrari ushbu mashinadan 1962-1964 yillarda 36 dona chiqargan.
Bunday sportkarlarni amerikalik modeler Ralf Loren, kanadalik sarmoyachi Lourens Stroll va Walmart vorislaridan biri Robson Uolton kolleksiya qiladi. Shu sababli mutaxassislar prognozlariga ko‘ra, sotilgan mashinaning narxi yaqin yillarda 100 mln dollargacha ko‘tarilishi mumkin.
Mavzuga oid
16:05 / 10.09.2025
2,3 soniyada 100 km tezlikka chiqadi: Ferrari 1050 ot kuchiga ega Testarossa’ni taqdim etdi
14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi
15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
16:57 / 03.10.2024