AQŞ politsiyasi öğirlab ketilgan 575 ming dollarlik Ferrari 2023 ni topdi, ularga avtomobil egasining salonda qoldirgan AirPods quloqçinlari yordam berdi. Bu haqda Apple Insider ma’lum qildi.

Politsiya xodimlari quloqçinlarning joylaşuvini kuzatib, yonilği quyiş şoxobçasigaça borgan. U yerda gumonlanuvçi yaşirinişga ulgurgan bölsa-da, uning şaxsi boşqa qurilma — öğri maşinadan çiqib qoçayotganda tuşirib qöygan şaxsiy iPhone telefoni orqali tezda aniqlandi.

Avtomobil egasi salonda qoldirgan quloqçinlar, öğrining yonidagi iPhone tufayli Find My ilovasiga özining aniq joylaşuvini yuborib turgan. Bu esa Ferrari’ni kuzatib topişga yordam bergan.

Jinoyatçi 22 yoşli Dion Şotten ekani ma’lum qilindi. U hibsga olinib, transport vositasini öğirlaşda ayblandi.

Uning şerigi, 19 yoşli Kion Vebster ham qölga olindi. Tergov aniqlaşiça, ikkala gumonlanuvçi öğirlangan avtomobilni navbatma-navbat boşqargan.

Uoterberi politsiyasi boşliği Fernando Spanyolo Vebsterga bundan avval ham avtomobil öğirlaş va boşqa jinoyatlar bilan boğliq yettita ayblov e’lon qilinganini aytdi.