Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun jahon chempionati to‘pi koinotdan Yerga qaytariladi
3 iyunda MKS-54/55 missiyasi ekipaji “Soyuz MS-07” kapsulasida Xalqaro koinot stansiyasidan (XKS) jahon chempionati to‘pi bilan birga Yerga qaytadi.
Yerga qaytayotgan fazogirlar orasida rossiyalik Anton Shkaplerov ham bor. U XKSga 24 martda fazogir Oleg Artemev tomonidan yetkazilgan to‘pni Yerga olib tushadi. Artemev aytganidek, vaznsizlikda bo‘lgan to‘pdan jahon chempionatining Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi birinchi o‘yinida foydalaniladi.
Yerga qaytayotgan fazogirlar kapsulasi stansiyadan Toshkent vaqti bilan soat 14.16da ajraladi va Yer atmosferasiga soat 17.17da kiradi. Kapsula soat 17.41da Qozog‘istondagi cho‘lga qo‘nishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan kapsula qo‘nish joyiga 4 ta PEM-1 va PEM-2 "Ko‘k qush" qidiruv-evakuatsiya mashinalari jo‘natilgan. Fazogirlarni qidirish amaliyotida 200ga yaqin harbiy ishtirok etadi.
Yerga, shuningdek NASA fazogiri Skott Tingl va yapon fazogiri Norishige Kanai ham qaytadi. Yerga qaytayotgan ekipaj XKSda 168 kun o‘tkazdi. Stantsiyada rossiyalik Oleg Artemev, amerikalik fazogirlar Endryu Foystel va Richard Arnold qoladi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
20:07 / 13.04.2026
Toshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
22:43 / 08.11.2025