Sport | 21:51 / 03.06.2018
12387
1 daqiqa o‘qiladi

Neymarning goli Braziliyaga Xorvatiya ustidan g‘alaba keltirdi

Foto: REUTERS

Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari JCh-2018 musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni doirasida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi.

Liverpuldagi «Enfild» stadionida o‘tgan bahs braziliyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Hisob 69-daqiqada og‘ir jarohatdan so‘ng maydonga qaytgan Neymar tomonidan ochildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Firmino yana bir gol urib, yakuniy hisobga nuqta qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Shveytsariya, Kosta-Rika va Serbiya bilan bellashadi. Xorvatiya esa Argentina, Islandiya va Nigeriya bilan o‘ynaydi.

O‘rtoqlik o‘yini
3 iyun, Liverpul
Braziliya - Xorvatiya - 2:0
Gollar: Neymar (69), Firmino (90+3)

Mavzuga oid