Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada orfografik xatoli 0 yevro sotuvga chiqdi
2 iyun kuni Slovakiyada 0 yevro nominalli suvenir banknotasi sotuvga chiqdi. Kupyuralar orfografik xato bilan bosmadan chiqqan, deya xabar beradi Slovakia International radiosi.
Banknotada Dunay uzra qad ko‘targan tarixiy Bratislava qal'asi tasvirlangan, qachonlardir bu yerda Vengriya hukmdorlariga toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Bratislavský hrad (Bratislava qal'asi) yozuvida ikkinchi s harfi tushib qoldirilgan va Bratislavký hrad deb yozilgan. Ta'kidlanishicha, kelajakda shu xato tufayli banknota qiymati oshishi mumkin.
Avval Slovakiyada G‘alaba kuniga shuningdek 0 yevro nominalli suvenir banknotasi ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026