Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, 4 iyun kunidan boshlab 24 nafar futbolchidan iborat tarkib bilan yig‘inga kirishdi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Ushbu yig‘in davomida olimpiyachilar “Chig‘atoy” sport bazasida yashab, “Bunyodkor” stadionida mashg‘ulot olib boradilar.
Terma jamoa vakillari yig‘in davomida trenajyer zalida mashg‘ulot o‘tkazishadi, murabbiylardan turli nazariy hamda taktik ko‘rsatmalar olishadi, so‘ngra bevosita stadionda mashg‘ulotni davom ettirishadi. Bundan tashqari futbolchilarning jismoniy holatini nazoratdan o‘tkazish uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
6 iyun kuni Toshkentning “Lokomotiv” hamda 7 iyun kuni esa Bekobodning “Metallurg” jamoalari bilan nazorat o‘yinlari tashkil qilinadi.
Ushbu yig‘in 8 iyun kuniga qadar davom etadi. Quyida yig‘inda ishtirok etayotgan olimpiya terma jamoasi vakillari bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonalar:
Raimov Shoxruh -“Dinamo”
Muhammadjonov Mashhur - “Nasaf”
Ziyovutdinov Nizom - OKMK
Himoyachilar:
Alijonov Hojiakbar - “Paxtakor”
Alijonov Ilxom - “Surxon”
Nasrullayev Sherzod - “Nasaf”
Muydinov Abubakir - “Bunyodkor”
Rustamov Oybek - “Qo‘qon-1912”
G‘ofurov Husniddin - “Neftchi”
O‘lmasaliyev Avaz - “Neftchi”
Hoshimov Doniyor - “Metallurg”
Aliqulov Husniddin “Mash'al”
Yarimhimoyachilar:
To‘xtasinov Nurillo - “So‘g‘diyona”
Muhitdinov Sharof - “Nasaf”
Qodirqulov Sanjar - “Bunyodkor”
Yo‘ldoshev Rasul - “Bunyodkor”
Umirov Davron - “Bunyodkor”
Rashidxonov Islom - “Nasaf”
Amonov Azizbek - “Lokomotiv”
Ismoilov Abror - “Neftchi”
Toshqo‘ziyev Abror - “Metallurg”
Ikromov Farruh - “Bunyodkor”
Hujumchilar:
Xolto‘rayev Jasur - “Sho‘rtan”
Abdusalomov Jahongir - “Bunyodkor”
Mavzuga oid
21:44 / 14.10.2025
O‘zbekiston yoshlari Qozog‘istonni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi
21:27 / 09.09.2025
O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
17:17 / 26.12.2023
Fayzullayev – O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi. O‘FA yil laureatlarini e’lon qildi
12:20 / 08.09.2023