Jamiyat | 00:34 / 05.06.2018
12420
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda nosoz avtomashina sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 3 iyun kuni Oqtunli qishlog‘ida yashagan A.J. “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini shu qishloq ichki yo‘lida haydab ketayotganida, avtomashinaning orqa reaktiv tyagasi chiqib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Voqea oqibatida A.J. jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda avtomashinada birga bo‘lgan qizi ham kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid