12:09 / 05.06.2018
6487

Tojikistonda 3 futbolchi hakamlarga hujum uchun uzoq vaqtga futboldan chetlatildi

CC0 / Pixabay

Tojikistonda «Xulbuk» klubining bir nafar va «Saroykamar» klubining 2 nafar futbolchisi «hakamlar brigadasiga jismoniy tayziq o‘tkazilgani» uchun 1 yilga diskvalifikatsiya qilingan. Bu haqda «Avesta» xabar bermoqda.

Tojikiston futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi ushbu futbolchilarning har biriga 1 ming 250 somoniy miqdorida jarima ham qo‘llagan.

Xuddi shu ish bo‘yicha «Saroykamar»ning bir futbolchisi 10 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan va u ham 1 ming 250 somoniy jarima to‘laydigan bo‘lgan.

«Ravshan», «Xulbuk» va «Saroykamar» klublari bosh murabbiylariga 3 uchrashuvdan iborat diskvalifikatsiya qo‘llangan.

Top