Jahon | 08:49 / 06.06.2018
6942
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga qarshi sanksiyalar tobora ortib borishini ma'lum qildi 

Foto: Bloomberg

Agar Eron o‘zini tutishni o‘zgartirmasa, unda Vashingtonning Tehronga qarshi sanksiyalari tobora ortib boradi. Bu haqda AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Sigal Mandelker ma'lum qildi. 

Eronda yadroviy kelishuv doirasida uranni boyitish quvvatlari oshirilmoqchi.

“Agar tuzum o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, bizning sanksiyalar ta'siri tobora ortib boradi va og‘riqliroq bo‘ladi”, deb aytgan Mandelker.

Mandelker AQShning barcha hamkorlarini birlashib, Eronga qarshi yangi sanksiyalarga qo‘shilishga chaqirgan.

Mandelkerning qo‘shimcha qilishicha, Eron aviakompaniyalari muntazam ravishda Suriyaga jangarilar va qurol tashiydi. 

“Sanktsiyalar ostiga tushgan Mahan Airlines va Caspian Air, Pouya Air kabi boshqa aviakompaniyalar Suriyada urush boshlangandan beri u yerga jangarilar va materiallar tashiydi”, deb aytgan Mandelker.

“Eron tijorat kompaniyalari “Quds” amaliyotlarida, qurol tashish, xorijiy terrorchilik amaliyotlarini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi”, deb aytgan AQSh vakili va bunga amin bo‘lish uchun aytib o‘tilgan aviakompaniyalar saytlarini ko‘zdan kechirib, ularning parvozlarini tahlil qilib chiqishni taklif qilgan.

“Keling ochiqchasiga aytamiz, bizning hamkorlar Mahan Airlines bo‘yicha isbotlar keltirishimizni so‘rashganda, biz agar ular muntazam ravishda jangarilar va tovarlarni tashayotgan bo‘lsa yana qanday isbotlar kerak, degan savol bilan yuzlanamiz. Odamlar Suriyaga ta'tilga bormaydilar”, deb qo‘shimcha qilgan Mandelker.

U yevropalik hamkorlarni sanksiyalar ostiga tushmaslik uchun bu aviakompaniyalar bilan ehtiyotkorroq hamkorlik qilishdan ogohlantirgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid