Jahon | 01:46 / 06.06.2018
7295
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziya Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Gruziya Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzdi va bu haqda BMTni xabardor qildi. Bu haqda Gruziya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi

Gruziya Suriya Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini tan olishini e'lon qilgandan keyin 29 may kuni Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilgandi. 

Vazirlikda ta'kidlanishicha, 1993 yil 18 maydagi Gruziya va Suriya o‘rtasida diplomatik aloqalar haqidagi kelishuvning amal qilishi to‘xtatilgan.

Ta'kidlanishicha, Gruziyaning diplomatik aloqalarni uzish haqidagi notasi 1 iyunda Suriyaning BMTdagi va Misrdagi diplomatik vakolatxonalariga topshirilgan.  

Shuningdek, Gruziyaning BMTdagi doimiy vakili BMT bosh kotibini bu qarordan xabardor qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid