Jahon | 12:38 / 06.06.2018
33133
2 daqiqa o‘qiladi

Putin siyosatchi bo‘lmaganda kim bo‘lib ishlashi mumkinligini aytdi

Foto: russian.cri.cn

Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar siyosatchi bo‘lmaganda, advokat bo‘lib ishlay olishi mumkinligini aytdi. Putin bu haqda Xitoyga tashrifi arafasida bergan intervyusida aytib o‘tgan. Intervyu Xitoy mediakorporatsiyasi saytida e'lon qilingan.  

“Men Peterburg davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlaganman, shu sababli, umuman olganda, huquqshunos, advokat bo‘lib ishlay olardim”, deb aytgan Putin.

Shu bilan birga Putin boshqa biror kasbga egaligi haqidagi savolga sobiq ittifoq tashqi razvedkasida ishlagani va kasbi borligini qo‘shimcha qilgan. U, shuningdek, xavfsizlik idoralari va Sankt-Peterburg ma'muriyatida ishlaganini aytgan. “Bu faoliyatlarimdan har biri menga yoqardi”, deb tan olgan Putin.

Putin, shuningdek kuniga 2-2,5 soat sport bilan shug‘ullanishini ma'lum qilgan. U futbolchilardan kimni buyuklar deb hisoblashi haqidagi savolga Lev Yashin, Pele va Maradona nomlarini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid