Sergelidagi buzilgan yarmarka o‘rnida nima paydo bo‘lishi mumkinligi aytildi
Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov mahalliy aholi bilan Sergeli yarmarkasi avval joylashgan hududdagi ishlar haqida suhbatlar olib borilayotgani haqida aytdi.
Hokimlikda erkin hududda qurilish ishlari uchun uchta usuli bor: ikki qavatli savdo majmuasi, ko‘p qavatli turar-joy yoki bog‘ hududini qurish.
«O‘tgan shanba kuni men mahalliy aholi va tadbirkorlarni qabul qildim. Biz ularga hamma narsani ko‘rsatdik. Mahalliy aholi yangi yarmarka qurishni taklif qildi. Men rozi bo‘ldim. Uning maydoni 18 ming kvadrat metr bo‘lishi kerak. Eng iqtisodiy variantni hisoblab chiqdik. Bunday obektni qurish normal summaga tushadi», - dedi Husanov jurnalistlarga.
2017 yilning noyabrida hokimning qarori asosida Sergeli tumanidagi yarmarkani buzish ishlari boshlandi. Tadbirkorlarning kam sonli qismi Sergeli-6 mavzesida joylashgan bozorga ko‘chdi. Husanovning so‘zlariga ko‘ra, savdo maydonlari 40 yil davomida «tartibsiz tarzda» shakllangan. «Dastlab u faqat sabzavotlar bozori edi. Asta-sekin kengaytirildi, natijada bozor sanitariya va yong‘in xavfsizligi normalariga to‘g‘ri kelmadi. Shuning uchun ham uni buzishga qaror qilindi», - deydi hokim.
Buzib tashlangan yarmarka joyida savdo maydonchasi bo‘lgan tadbirkorlarga boshqa joylardan hudud taklif qilishdi. Jami 103ta yuridik shaxs ro‘yxatga olingan, 46 tadbirkor yer ko‘rinishida tovon puli olishga rozi bo‘lgan, dedi hokim. Qolganlar esa, uning aytishicha, «o‘zaro hali kelishib olmadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokim Sergeli avtomobil bozorini shahardan tashqariga ko‘chirishga qarshi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid: Sergeli “Yarmarkasi” buzilish ishlari nega qarorda ko‘rsatilganidek amalga oshirilmay kelmoqda?
Mavzuga oid
09:40 / 31.10.2024
Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
07:53 / 28.09.2024
Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
19:41 / 27.09.2024