Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim Sergeli avtomobil bozorini ko‘chirish haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi
Arxiv foto/kvs.spb.ru
Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov avtomobil bozorini Toshkent viloyati hududiga ko‘chirishni xohlamaydi. Bu haqda u chorshanba kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Bu yil shahar hokimligi «Sergeli» avtomobil bozori va «Yangiobod» bozorini poytaxtdan Toshkent viloyatiga ko‘chirish rejalari haqida e'lon qildi.
«Faqatgina avtomobil bozorini emas, balki barcha bozorlarni shahar tashqarisiga ko‘chirish haqida g‘oya bor edi. Hozircha bu masala ko‘rib chiqilmoqda. Avtomobil bozori 24 gektar yerni egallaydi. Avval yangi hududni topib, uni obodonlashtirish kerak, keyin bozorni yangi joyga ko‘chirish lozim. Bularning barchasi ma'lum bir vaqtni talab qilishi mumkin», - dedi Husanov jurnalistlarga.
Shuningdek, u o‘z tumani hududida avtomobil bozorini qoldirishni xohlashini ta'kidladi, chunki u byudjyetga tushumlarning yaxshi manbaidir - yiliga 11 mlrd so‘m. «Buncha pulni yo‘qotishni istamagan bo‘lardim», - deydi hokim.
«Bozorni tumanimiz hududida yanada qulayroq va transportlar harakatiga xalaqit bermaydigan joyda qoldirishni xohlardim. Bizda bunday hududlar bor, ular Toshkent viloyati bilan chegaradosh», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Husanov.
Mavzuga oid
12:14 / 18.11.2025
Sergeli tumanida Salar kanali ustidan yangi ko‘prik quriladi
12:21 / 31.10.2025
Sergelida Damas va Spark to‘qnashdi: bir yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi
09:01 / 13.10.2025
Sergelida 2 ta Matiz to‘qnashuvida uch kishi jarohatlandi
10:46 / 24.09.2025