Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Ravshan Ermatovni e'tirof etdi
FIFA rasmiy sahifasida o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p uchrashuvda ishlagani eslatib o‘tildi.
FIFA World Cup sahifasida Ravshan Ermatov 2010 yilgi va 2014 yilgi jahon chempionatlarida jami 9 uchrashuvda ishlab, bu borada mutlaq rekord o‘rnatgani e'tirof etilgan. O‘zbekistonlik hakam bu borada fransiyalik Joel Kinyuning rekordini yangilagandi.
2018 yilgi jahon chempionatiga ham yo‘l olgan Ravshan Ermatovda yana bir necha uchrashuvda ishlash uchun imkoniyat mavjud va u o‘z rekordini yanada yaxshilab olishi mumkin bo‘ladi.
Ravshan Ermatov O‘zbekistonda bir qator ordenlar va mukofotlar sohibi hisoblanadi. U 9 marta O‘zbekistondagi eng yaxshi futbol hakami, Osiyoda 5 marta eng yaxshi futbol hakami bo‘lgan, jahonning eng yaxshi futbol hakamiga berilgan Global Soccer Awards sovrini bilan taqdirlangan, 2013 yili IFFHS talqini bo‘yicha jahonning eng yaxshi hakamlari o‘nligiga kirgan.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026