Jahon | 22:09 / 07.06.2018
3534
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Qirg‘izistonga 600 mln yuanlik grant ajratadi 

Foto: Sodrugestvo.info

Xitoy Qirg‘izistonga 600 mln yuan taqdim qilmoqchi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov ma'lum qildi. 

Pankratovning aytishicha, pullar Qirg‘izistonning mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish maqsadida yo‘llar va transport o‘tkazgichlari, laboratoriyalar qurishga sarflanadi.

“Qirg‘iziston prezidentining Xitoyga tashrifi davomida gap temir yo‘l va elektromobillar yig‘ish zavodi qurilishi haqida ketgandi. Agar bu kelishuvni amalga oshira olsak, unda taraqqiyotning old saflaridan joy olamiz”, deb aytgan Pankratov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy investitsiyalari 10 foizga kamaygan. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi esa 1,6 mlrd dollarni tashkil qilgan. “Savdo saldosi bizning foydamizga emas. 100 mln dollar bizning eksport, qolgani Xitoy importi. Xitoy yetakchisi ichki talab oshishi tendensiyasini ko‘rmoqda. U qirg‘iz mahsulotlari uchun bozor ochishga tayyor”, deb ta'kidlab o‘tgan Pankratov.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid