Jamiyat | 22:54 / 08.06.2018
30308
3 daqiqa o‘qiladi

Xayriya: BAS kasalligidan aziyat chekayotgan hamyurtimizga yordam qo‘lini cho‘zaylik!

Inson zoti hayotida turli bosqichlar, xursandchilik va musibatli, xafalik kunlarini o‘tkazadi. Aslida bularning barchasi bilan odam bolasi va uning atrofidagi jamiyatning boshqa a'zolari sinaladi. Kimdir unga og‘ir kunlarda yordam qo‘lini cho‘zadi,  yana kimdir faqat xursandchilik kunlariga sherik bo‘ladi. 

KUN.UZ sayti o‘z oldiga og‘ir kunlarda vatandoshlarimiz holida xabar olish, ularning dardiga malham bo‘lish, bu borada ularga imkon qadar yordam qo‘lini cho‘zish va saxovatpesha yurtdoshlarimizning savobli ishlarida sababchi bo‘lishni maqsad qilgan. Shu munosabat bilan sayt muxbirlari Toshkent shahri, Sergeli tumani, Quruvchi mavzesida ijarada istiqomat qilayotgan Gulnoza Sa'dullayeva xonadonida bo‘ldi. 

1979 yil fevralida tavallud topgan Gulnoza 2013 yildan buyon BAS kasalligi (harakatlantiruvchi neyronlar xastaligi, Sharko xastaligi) bilan kurashib keladi. 4 farzandning onasi bo‘lgan qo‘shrabotlik ayolning ahvoli tobora og‘irlashmoqda. Kasallik aniqlanganidan so‘ng, turmushi buzilgan Gulnoza boshqalar yordamiga, doimiy nazoratida bo‘lishiga muhtoj. 

Ma'lum bo‘lishicha, bu xastalikka yo‘liqqan bemorni O‘zbekistonda davolashning imkoni yo‘q. Germaniyaning Dyusseldorf universiteti klinikasi bemor tekshiruvlardan o‘tganidan so‘ng, uni boshqa kishiga muhtoj bo‘lmaydigan holatga keltira olishini bildirgan. Yaqinlari shu holatga bo‘lsa ham kelishlarini xohlamoqda. Biroq moddiy imkoniyat yo‘qligi istaklarni ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilmoqda.  

BAS kasalligi asta-sekinlik bilan rivojlanib boruvchi, markaziy asab tizimining bedavo degenerativ xastaligi hisoblanadi. Unda bosh miyaning yuqori qatlami (harakatlantiruvchi qatlami) va harakatlantiruvchi neyronlarning quyi (orqa miyaning old shoxlari va chanoq asablari yadrosi) qismlari zararlanadi. Buning natijasida bemor shol bo‘lib qoladi. Mushaklar qisqarishi buziladi. Ta'kidlash o‘rinliki, dunyoda bu kasallik bilan xastalanish holatlari 100 ming kishiga 0,86dan 2,5gacha oraliqda kuzatiladi. 

Saxovatpesha, xayr-ehsonni xush ko‘rib, ixlos bilan qiluvchi aziz vatandoshlar, KUN.UZ sayti sizlarga yana bir bor murojaat qiladi. 5 yildan beri og‘ir darddan aziyat chekayotgan, 4 farzandni bir o‘zi tarbiyalayotgan onaga saxovat qo‘llarimizni cho‘zaylik. Zora Qodir Alloh bizning moddiy yordamimiz sababchi bo‘lib, vatandoshimiz Gulnozaga dardidan shifo bersa! Yaxshilar, Ramazoni sharif oyini qulay fursat bilib, xayriyotlarimizni ko‘paytirib qolaylik!

Sa'dullayeva Gulnoza (+998 97 448 55 81 – kelini)

PAYME, CLICK (Agrobank)

8600 0417 8276 9641

H/r: 2020 6000 4000 0031 3000
        2020 6000 1990 2867 0001

MFO 00313

Mavzuga oid