Jahon | 18:45 / 08.06.2018
15037
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning AQSh va KXDR sammitiga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aytildi

Foto: EPA

Rossiya va KXDRning qalin aloqalari Moskvani 12 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp hamda KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida bo‘lib o‘tuvchi yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarida muhim o‘yinchiga aylantiradi. Bu haqda CNBC ekspertlari xabar bergan.

Tinch bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralarda Moskvani e'tiborsiz qoldirish kerak emas, deya hisoblaydi AQShning Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashi Osiyo tadqiqotlari direktori Elizabet Ekonomi.

Ta'kidlanishicha, Rossiyaning Koreya yarim orolida o‘z manfaatlari bor. Elizabet Ekonomi qayd etishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinda ham Seulda, ham Pxenyanda aloqalar bor bo‘lib, u «sahna orti muzokarachasi» rolini yaxshi o‘ynay oladi.

Materialda aytilishicha, Rossiya va KXDRda so‘nggi o‘n yil davomida kuchli iqtisodiy, madaniy hamda savdo munosabatlari shakllangan. Moskvaning asosiy maqsadlaridan biri KXDR orqali Rossiya gaz quvurini qurilish imkoniyati sifatida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kim Chen Inga taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.

Mavzuga oid