KXDR yetakçisi Kim Çen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabr oyida uçraşişi mumkin. Bu, agarda Şimoliy Koreya rahbari Vladivostokdagi Şarqiy iqtisodiy forumga taklifni qabul qilsa, yuz beradi.
«U (RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov) Kim Çen Inga prezident Putinning taklifini yetkazdi. Xususan, KXDR yetakçisiga bizning mamlakatga rasmiy taşrif bilan keliş taklifi berildi», - deya Rossiya Davlat dumasi spikeri örinbosari Ivan Melnikovning KXDR delegatsiyasi bilan uçraşuvdagi sözlarini keltiradi «Interfaks».
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kim Çen Inga uçraşiş haqida taklif yetkazilganini tasdiqladi. Şu bilan birga, Şarqiy iqtisodiy forumdagi muzokaralar, Peskovning qayd etişiça, variantlardan biri.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDRda harbiy rahbariyat işdan olingani xabar berilgandi.

















