Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB sobiq agenti Xitoy foydasiga josuslik qilishda aybdor deb topildi
Foto: Heavy.com
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Kevin Mellori sud maslahatchilari tomonidan Xitoy foydasiga josuslik qilishda aybdor, deb topildi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligi saytida xabar qilinadi.
61 yoshli Mellori 2017 yilning yozida Xitoy foydasiga josuslik qilishda ayblandi. Xabar qilinishicha, u mart va aprelda Shanxayga ikki marta tashrif buyurib, Xitoy razvedkasiga ishlagan Maykl Yang bilan uchrashgan.
Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Mellori Xitoy tomoni vakiliga to‘rtta hujjat bergan. Ulardan biriga «favqulodda maxfiy» maqomi berilgan bo‘lgan. Yana ikki hujjat «maxfiy» maqomiga ega bo‘lgani aytilmoqda. Ayblov tomonining fikricha, u hukumatning yana to‘rtta hujjatini topshirmoqchi bo‘lgan.
Jazo muddati borasidagi yakuniy qaror sudya tomonidan qabul qilinadi. Mellori umrbod ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning yangi qurolga aloqador maxfiy ma'lumotlari o‘g‘irlangani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:07 / 04.03.2026
Qatarda Eron korpusi foydasiga josuslikda gumonlangan o‘n kishi qo‘lga olindi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026