Xitoy hukumatiga işlovçi xakerlar AQŞ harbiy-dengiz kuçlari pudratçisi kompyuter tarmoğini buzib kirişdi hamda maxfiy ma'lumotlarni öğirlaşdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi manbalarga asosan yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, öğirlangan ma'lumot Amerikaning kemalarga qarşi ultratovuşli raketalar sohasidagi işlanmalariga aloqador bölgan. Ular AQŞ suv osti kemalarida 2020 yildan söng paydo bölişi kerak.
Ta'kidlanişiça, xakerlik hujumlari joriy yilning yanvar va fevral oylarida qayd etilgan. Hozirgi vaqtda buzib kirişlar holati böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Gazetadan yozişlariça, öğirlangan ma'lumotlarning hajmi 614 Gbaytdan ortiq bölib, ular AQŞ harbiy-dengiz pudratçisida himoyalanmagan serverda saqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Rossiyaning yangi quroli tayyor ekanini ma'lum qilgandi.












