O‘zbekiston | 13:09 / 10.06.2018
5180
2 daqiqa o‘qiladi

ShHTda xorijiy terrorchilik xavfiga qarshi hamkorlik faollashtiriladi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari xorijiy terrorchi-jangarilar o‘z davlatlariga qaytayotgani sababli xavf oshib borayotganini ta'kidlab o‘tishdi. Shu munosabat bilan ShHTga a'zo davlatlar bunday jangarilar va ularning harakatlanishi haqida axborot almashish mexanizmlarini takomillashtirishadi. Bu haqda ShHT sammiti yakuniy deklaratsiyasida aytilgan.

“Tashkilotga a'zo davlatlar Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli kelgan joylariga qaytayotgan va ShHT hududida terrorchilik va qo‘poruvchilikni davom ettirish uchun uchinchi davlatlarda qo‘nim topayotgan xorijiy terrorchi-jangarilar xavfi oshayotganini qayd qilishdi”, deb aytilgan hujjatda.

“ShHTga a'zo davlatlar bunday toifadagi shaxslar va ularning harakatlanishi bo‘yicha axborot almashinuv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, jangarilarni ShHTga a'zo davlatlar milliy qonunchiligiga ko‘ra topshirishning yanada tezkor tartibotlarini kiritadi, ham siyosiy darajada, ham maxsus xizmatlar yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni faollashtiradi”, deb ta'kidlab o‘tilgan deklaratsiyada.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid