Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh bilan sammitda qanday mavzular muhokama qilinishini ma'lum qildi
Foto: AP / Ahn Young-joon
AQSh va Shimoliy Koreya o‘zaro sammitda ikki tomonlama yangi munosabatlarni o‘rnatish, Koreya yarimorolida tinchlik tizimini yaratish va uni yadroviy qurolsizlantirishni muhokama qiladi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
“AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarda keng doiradagi fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tadi, uning davomida tomonlar AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida yangi munosabatlarni shakllantirishga doir ikki davlat uchun dolzarb masalalarni, Koreya yarimorolida mustahkam va doimiy tinchlikni o‘rnatish va yarimorolni yadroviy qurolsizlantirish jarayonini amalga oshirishni muhokama qilishadi”, deb ma'lum qilgan agentlik.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshchiligidagi sammit 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
15:23 / 07.03.2026