Tahlilchilar JCh-2018 g‘olibini taxmin qilishdi
Goldman Sachs investitsion banki tadqiqot o‘tkazdi, uning davomida JCh-2018da g‘alaba qozonishi ehtimolga eng yaqin bo‘lgan jamoa aniqlandi.
Goldman Sachs prognozi ma'lumotlarning mashinadagi tahliliga asoslangan. Tadqiqot bo‘yicha hisobot investbank rasmiy saytida e'lon qilingan.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ekspertlar jahon birinchiligida besh karra jahon chempioni - Braziliya termasi g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqda. Tite shogirdlarining imkoniyatlari 18,5 foizga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinda Fransiya 11,3 foiz bilan joylashdi, favoritlar uchligiga Germaniya termasi yakun yasab berdi - 10,7 foiz.
Ta'kidlanishicha, mezbon jamoa - Rossiya hattoki guruhdan ham chiqa olmaydi.
JCh-2018 Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin JCh-2018 ishtirokchilari va ishqibozlarga murojaat bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024
Sud X ijtimoiy tarmog‘iga Braziliyada ishini davom ettirishga ruxsat berdi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
21:53 / 06.10.2024