Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy kompaniyaga tegishli bo‘lgan salkam 80 millionlik sim kabellarini o‘g‘irlashdi
“Qandim” cho‘l massividan xorijiy kompaniyaga tegishli bo‘lgan salkam 80 millionlik sim kabellarini o‘g‘irlab ketgan ishchilar qo‘lga olindi.
Sudlanuvchi Mardon Salimov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) Qorako‘l tuman “Qandim” cho‘l massivida joylashgan zavodda qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotgan Hyundai Engineering Co.Ltd kompaniyasida avtokara haydovchisi sifatida ishlab kelib, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, ushbu kompaniyada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi Olim Xalimov, Shin Bo kompaniyasida ishchi bo‘lib ishlovchilar Karim Safarov hamda Xusan Namozovlar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirishadi.
Ular bir guruh bo‘lib, Hyundai Engineering Co.Ltd kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, mis kabellar o‘ramlari saqlanuvchi qurilish zonasiga ushbu zona atrofiga o‘ralgan simli devorni oshib o‘tish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, u yerdan ikki kun mobaynida, davomli ravishda, jami qiymati 79 million 729 ming so‘mni tashkil qiluvchi turli o‘lchamdagi, jami 265 metr 90 santimetrga teng bo‘lgan mis kabellarni o‘g‘irlab olishib, qurilish zonasidan taxminan 100 metr uzoqlikdagi cho‘l hududiga yashirib qo‘yganliklari aniqlangan.
Sudlanuvchi Mardon Salimov va uning jinoiy sheriklari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudining hukmiga ko‘ra, ularga nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan.
Mavzuga oid
08:49
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
19:35 / 25.12.2025
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
18:28 / 25.12.2025
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?
18:56 / 22.12.2025