Sport | 17:05 / 13.06.2018
37784
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadi

Foto: uzlidep.uz

Moskvada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadigan davlat rahbarlari nomi ma'lum qilingani xabar berilgandi.

Meduza xabariga ko‘ra, ro‘yxatdan asosan MDH va Lotin Amerikasi davlatlari joy olgan. Bundan tashqari, unda ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinmagan ikki davlat ham bor - Abxaziya va Janubiy Osetiya. 

Shuningdek, xabarda O‘zbekiston nomi ham keltirilgan. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev JCh-2018 ochilish marosimiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu borada davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan hozircha rasmiy xabar berilmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid