Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadigan davlat rahbarlari ma'lum qilindi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskvadagi «Lujniki» stadionida 14 iyun kuni futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadigan davlat rahbarlarini ma'lum qildi. Ro‘yxatda hozircha 17 mamlakat bor.
Meduza xabariga ko‘ra, ro‘yxatdan asosan MDH va Lotin Amerikasi davlatlari joy olgan. Bundan tashqari, unda ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinmagan ikki davlat ham bor - Abxaziya va Janubiy Osetiya. KXDRdan Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi Kim Yon Nam qatnashadi.
Shuningdek, ochilish marosimiga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus - Aleksandr Lukashenko, Boliviya - Evo Morales, Qozog‘iston - Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston - Sooronbay Jeenbekov, Panama - Xuan Karlos Varela, Tojikiston - Imomali Rahmon, Paragvay - Orasio Kartes, Ruanda - Pol Kagame, Armaniston bosh vaziri - Nikol Pashinyan, Livan - Saad Haririy keladi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026