Jahon | 01:15 / 14.06.2018
20769
2 daqiqa o‘qiladi

Chordoqdan topilgan eski vaza 16 mln yevroga sotildi

Foto: @sothebys

O‘nlab yillar davomida chordoqda poyabzal qutisi ichida chang bosib yotgan chinni vaza 16,2 mln yevroga sotildi.

Parijda Sotheby’s auksionida sotuvga qo‘yilgan vaza uchun murosasiz kurash kechgan. Savdo auksion uchun noodatiy uzoq vaqt – 20 daqiqacha davom etgan. Vaza uchun taklif qilingan maksimal qiymat baholovchilarning prognozidan 20 marta ko‘proqni tashkil qilgan. Ta'kidlanishicha, Fransiyadagi Sotheby’s auksionlarida hali biror buyum bunday uzoq vaqt sotilmagan.

Vaza avvalgi egalariga merosga qolgan. Vazani topgan ayol uni mutaxassislarga ko‘rsatishga qaror qilgan. Ayol bebaho vazani kerakli joyga poyabzal qutisida yetkazgan.

“U qutini stol ustiga qo‘yganda va biz qutini ochganimizda, buyumning chiroyi barchani hayratlantirdi”, deb eslamoqda mutaxassis. Balandligi 30 sm bo‘lgan vazani turli bezaklar qoplagan bo‘lib, Xitoyda 1736-1795 yillar yashagan Aysingyoro Xunli imperatori belgisi vazani 18-asrga mansubligini bildirgan. Vaza Fransiyaga tushishdan oldin Tsin sulolasiga tegishli bo‘lgan.

Mavzuga oid