Jamiyat | 14:09 / 14.06.2018
3311
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 37 nafar imkoniyati cheklangan oila yangi uyli bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam ta'minlangan oilalarni har tomonlama ijtimoiy himoyalashga, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berishga, kichik yoshdan nogiron bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Qarshi tumani markazida 37 xonadondan iborat bo‘lgan uy-joylar muborak Ramazon oyida nogiron fuqarolarga topshirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimiyati Matbuot xizmati xabar bermoqda.

– Bu xushxabarni eshitib, quloqlarimga ishonmadim,  – deydi  1-guruh nogironi Sodiq Tolipov. – Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevni prezidentimiz  nomlaridan  yangi xonadon kalitini sovg‘a sifatida tuhfa etganlarida o‘zimni tush ko‘rayotganday his etdim. Muborak Ramazon oyida barcha imkoniyatlarga ega  bepul uyga ega bo‘ldim.

Ana shunday muhim inshootlarni ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev, jamoatchilik tashkilotlari, faxriylar, yoshlar, san'atkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid