Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Moskvaga oddiy reys bilan parvoz qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvaga, futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun «Aeroflot» kompaniyasining oddiy reysdagi samolyotida uchib keldi. Bu haqda Kaktus.media nashri xabar qilmoqda.
Qirg‘iziston rahbari Bishkekdan Moskvaga Airbus A-320 laynerida biznes-toifadagi yo‘lovchi sifatida uchib kelgan.
Prezident devonidan xabar berishlaricha, Jeenbekovga 6-7 kishi hamrohlik qilyapti, shuning uchun u 1-raqamli bortdan foydalanmaslikka qaror qilgan. Delegatsiya tarkibida - prezident devoni xodimlari va tansoqchilar.
Prezident, katta ehtimol bilan, Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda tomoshabin bo‘ladi. Jahon chempionati aynan shu uchrashuv bilan boshlanadi. Jeenbekov Rossiya va Germaniya termasiga ishqibozlik qiladi.
Kutilishicha, Jeenbekov Rossiya prezidenti bilan ham amaliy uchrashuv o‘tkazadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u Bishkekka ertaga, 15 iyun kuni qaytib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:22 / 16.04.2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:06 / 15.04.2026